Ushbu repository ni o'zingizga fork qilib, yoki oddiy .zip
ko'rinishida yuklab oling.
Loyihadan foydalanish vaqtida, sizda quyidagi dasturiy bog'liqliklar o'rnatilgan bo'lishi kerak. Node.js va TypeScript ni o'rnating (agar quyidagi bog'liqliklarni allaqachon o'rnatgan bo'lsangiz, keyingi bosqichga o'tishingiz mumkin):
-
Windows yoki Mac uchun Node.js ni yuklab oling va o'rnating.
-
TypeScript ni global tarzda o'rnating
npm i -g typescript
Loyihani ishga tushirish uchun kerakli bog'liqliklarni o'rnatib, keyingi bosqichga o'tish mumkin.
Loyihani yuklab olgach, terminaldan foydalanib shu papka ichiga cd
buyrug'i yordamida kirib oling va quyidagi ko'rsatilgan buyruqlarni ishga tushiring:
cd <typescript-asoslari>
npm install
Ushbu buyruq ishlashimiz uchun kerak bo'lgan barcha bog'liqliklarni loyihaga o'rnatib beradi.
Endi esa serverni ishga tushirib oling:
npm start
Browserda localhost:3000
linkiga kirib dasturlashni boshlang.