/sus

Shogird ustozdan so'radi.

Shogird Ustozdan So'radi

Dasturlashni o’rganishni qachon boshlash kerak?

Hozir.

Algoritm & data strukturalarni endi boshlamoqchi bo'lganlarga qanday maslahat berasiz, roadmap, qo'llanmalar?

Men o’zim GitHubdagi coding interview university reposidagi resurslardan foydalanganman. Bu yerda juda ko’p resurslar bor — o’rganib tugatish qiyin. Lekin boshidan boshlasangiz asosiy data strukturalar va konseptlar o'rganasiz, qolgani optional.

O'zbekcha varianti ham bor (men va bir do'stim bilan tarjima qilib chiqqanmiz).

Dasturlashni o'rganish uchun matematikani bilishim shartmi?

Yo'q, shart emas. Lekin, bilsangiz sizga plyus.

Birinchi bo’lib qaysi dasturlash tilini o’rganay

Farqi yo’q. Quyidagi keng tarqalgan tillardan birini tanlang: C++, C#, Go, Python, Java, va JavaScript. Bir tilni yaxshi o’rganib olganingizdan keyin boshqa bir tilni o’rganish ancha osson bo’ladi.

Frontend yaxshimi yoki Backend yaxshimi? Kimga ko’proq pul to’lashadi?

Ikkovi ham yaxshi. Frontend ko’proq visual ish: Backenddan kelgan informatsiyani to’gri/chiroyli ko’rsatish va userdan informatsiyani to’gri yeg’ib Backendga jo’natish. Hali ham qaror qabul qila olmaydigan bo’lsangiz, tangadan foydalaning. Agar biri yoqmasa, keyin boshqasiga o’tib ketaverasiz. Yo’q, o’rganganlaringiz behudaga ketmaydi. Qancha oylik olishingiz ko’proq tajribangizga bog’liq.

Mobile developer bo’lmoqchiman, Android yaxshimi yoki iOS yaxshimi?

Ikkovi ham birdek yaxshi. Agar tanla olmayotgan bo’lsangiz, tangadan foydalaning. Biri yoqmasa, keyin boshqasiga o’tsangiz bo’ladi. Yo’q, o’rganganlaringiz behudaga ketmaydi.

Javani bilsangiz, JavaScriptni o’rganish osson bo’ladimi?

Yo’q, ular umuman boshqa-boshqa narsalar.

Web framework o’rganmoqchiman? React o’rganaymi yoki Angular? Vue.js-chi?

Sizga yoqqan birini o’rganing. Keyincha yoqmasa, boshqasini o’rgansez bo’ladi.

Dasturlashni online o’rgangan yaxshimi yoki tutorga borgan yaxshimi?

Hammaga har xil uslub tugri keladi. Ikkovini ham qilib kurishni maslahat beraman. Qaysinda yaxshiroq o’sish ko’rsangiz o’sha yo’lda o’rganing.

Pythonni kelajagi bormi?

Ha.

Yoshim 23 da. Dasturlashni o’rgangangani kech emasmi?

Yo’q. Xohish bo’lsa bo’lgani, yosh muhum emas. Gazni bosavering!

Dasturlashni o’rganishga qaysi kitoblarni maslahat berasiz?

Boshida kitobdan o’rganishni maslahat bermayman. Boshida online resurslardan foydalanib o’rganing. Keyinroq biror bir mavzu bo’yicha chuqur tushuntirilgan maxsus kitoblarni o’qisangiz bo’ladi.

_____ga roadmap qilib berolasimi?

Googledan qidirib ko’ring. Juda yaxshi roadmaplarni odamlar yozib chiqishgan. Masalan, buni ko’ring

Menga mentor bo’lasimi?

Yo'q, lekin savollaringizga (sal kechikib bo’lsa ham) javob berishga harakat qilaman.

Dasturlashni o’rgansam, 1 yilda qancha oylikga chiqolaman?

Aniq aytolmayman. Pulni emas bilim va tajribani quving. Keyin, pulni o’zi sizi topib oladi.

Algoritm va data strukturalarni o’rganishim kerakmi?

Ertami kechmi o’rganishiz kerak bo’ladi. Shunday ekan xozirdan sekin-sekin boshlang. Computer Science zur narsa!

Dasturlashni yaxshi o’rganish uchun ingliz tili kerakmi?

Ha. Mavjud foydali resurslarni ko’pi ingliz tilida. Ertami kechmi o’rganishga majbur bo’lasiz. Agar ingliz tilini ozgina bilsangiz, dasturlashni o’rganishni boshlasangiz bo’ladi. Agar umuman bilmasangiz, birinchi ingliz tilidan boshlashni maslahat beraman.

Websayt yaratsangiz, websaytingizda ishlatilgan trafikdan (megabaytdan) pul topasimi?

Yo'q. Traffikga ishlatgan hamma puliz internet/telefon providerizga ketadi. Xalixam tushinmadizmi? Hop. Tasavur qilaylik websayt bu bozordagi bir do'kon. Shu do'kondan non sotib olsangiz, bozorga borgani ishlatgan taxi puliz do'konchiga ketmaydi-ku. Websaytlar xam huddi shunday.

Dasturlashni o'rganmoqchiman. Laptopni qanaqasidan sotib olayin?

Minimum 8GB RAM, 500GB SSD, Core i5. Agar sharoyitingiz bo'lmasa, ishlatilganidan oling.

Dasturlash uchun qaysi Operatsion Sistema yaxshi? Linux, Windows, yoki macOS?

Tabingizga qarab.

Qanday tartibda masala yechish kerak?...

...Leetcodeni easy savollari ham qiyinlik qilyapti. Birdaniga stuck bo'lib qolyapman. Shunaqa vaziyatda nima qilish kerak? Birdaniga javobiga yugurish kerakmi yoki javobi chiqmaguncha otiraverish kerakmi?

Umumiy aytganda bir savol ustida 1-2 soatcha vaqt ajratib, undan keyin javobini tekshirib ko'rsa yaxshi bo'ladi. Leetcodeni easy savollari boshida qiyin tuyulishi normal xolat. Easy savollarni yechishda davom etavering. 70-100 easy yechganingizdan keyin mediumga o'tsangiz bo'ladi. Omad!

Agar umuman yecha olmayotgan bo'lsangiz balki asosiy bilimlaringiz yetishmayotgandir? Basic algoritmlar va data strukturalarni ko'rib chiqing.

Google qilish to'g'ri yo'lmi? Har safar google qilishga o'rganib qolmaymizmi?

Ha, to'g'ri yo'l. Aslida ham shunday bo'lishi kerak: har safar google qilishga o'rganishingiz kerak.