/multiple-remotes

Multiple Git Remotes setup with SSH keys.

Multiple Git Remotes

SSH Keylarni yaratish

  1. terminal'da ~/.ssh degan papkaga boramiz
  2. papka ichida quyidagi kommandalar orqali github va gitlab uchun alohida ssh keylar yaratamiz. Github va Gitlab email addresslarni to'ldirish esdan chiqmasin. Ular bir xil bo'lsa ham hechqisi yo'q :)
ssh-keygen -t rsa -C "your@github.email"
ssh-keygen -t rsa -C "your@gitLAB.email"

2.1. github va gitlab emaillarini to'ldirish esdan chiqmasin 3. ~/.ssh papkasi ichida code config komandasi orqali yangi config degan fayl yaratamiz va quyidagi kodlarni saqlaymiz

Host github.com
    Hostname github.com
    User git
    IdentityFile ~/.ssh/github

Host gitlab.com
    Hostname gitlab.com
    User git
    IdentityFile ~/.ssh/gitlab
  1. Githubga kiring va Settings > SSH and GPG keys'ga borib New SSH key tugmasini bosing. 3.1. Title degan joyiga key uchun istalgan nom bering. 3.2. ~/.ssh papkada hosil bo'lgan github.pub fayl ichidagi hamma tekstni ko'chiring va Title tagidagi *tekst maydon**ga tashlang. 3.3 Add SSH Key tugmasini bosing.
  2. GitLabga borib Preferences > SSH Keys sahifasiga boring. 4.1. ~/.ssh papkada hosil bo'lgan gitlab.pub fayl ichidagi hamma tekstni 4.2. Key degan tekst maydonga yuqorida ko'chirilgan tekstni tashlang 4.3. Title degan joyiga key uchun istalgan nom bering. 4.4. Expiration Datega shu key qachongacha ishlashi kerakligini tanlang. *1 yil keyingi sanani kiritish tavsiya qilinadi 4.5. Add Key tugmasini bosib yakunlang

Hammasi tayyor! Endi siz git remote qo'shishda HTTPS linklarni EMAS SSH linklarni qo'shishingiz kerak bo'ladi.

Masalan: Tayyor repositoriyaga quyidagi kodlarni kiritsangiz, u github va gitlab'ga bir vaqtning o'zida kod yuklay oladi.

git remote add github "github repo ssh link"
git remote add gitlab "gitlab repo ssh link"